19:39 / 17.10.2021
1 468

Shuhrat Maqsudov: "Tajribali o‘yinchilar kamligi ta’sir ko‘rsatdi"

Shuhrat Maqsudov: "Tajribali o‘yinchilar kamligi ta’sir ko‘rsatdi"
“Navbahor” – “Bunyodkor” (2:1) jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov ishtirok etdi.

- O‘yin juda jangovar tarzda o‘tdi. Shunday bo‘lishi kutilgandi. O‘zim futbol o‘ynab yurgan paytimda ham Namanganda o‘yin shunday o‘tishini bilardim. "Navbahor"ni va muxlislarni g‘alaba bilan tabriklayman.

- Farruh Ikromovning sog‘lig‘i yaxshi, Italiyaning Rim shahrida operatsiyani o‘tkazib, qaytib keldi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga ushbu jarrohlik amaliyotini o‘tkazishda bergan yordami uchun rahmat aytaman. Bugun ikkinchi bo‘limda gol urganimizdan keyin tajribali futbolchilarimiz kamligi ta’sir o‘tkazdi, deb o‘ylayman. Bu hayot, bu sport, shunday xatolar sababli futbolchilar o‘sishga erishadi. Yigitlarga rahmat aytaman. Sportda xatolar uchrab turadi.

- Xudoga shukr, moliyaviy masalalar hal bo‘lyapti. Rahbarimiz futbolga juda qiziqadilar, jamoadan xabar olib turadilar. Lekin yil boshida futbolchi ololmadik, shu bois, asosan akademiyadan chiqqan yoshlar bilan o‘yin o‘tkazishga majbur bo‘ldik. "Bunyodkor" o‘z oldiga yuqori maqsadlar qo‘yadi, shuning uchun tarkibga kuchli futbolchilarni jalb qilish kerak. Keyingi mavsum endi hammasi yaxshi bo‘ladi, degan umiddaman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shuhrat Maqsudov: "Tajribali o‘yinchilar kamligi ta’sir ko‘rsatdi"