16:11 / 20.10.2021
1 043

Yuriy Vernidub "Sherif"ning YECHLdagi ilk mag‘lubiyatidan keyin nimalar dedi?

Yuriy Vernidub "Sherif"ning YECHLdagi ilk mag‘lubiyatidan keyin nimalar dedi?
"Sherif" ustozi Yuriy Vernidub YECHL guruh bosqichi 3-turi doirasida safarda "Inter"dan uchralgan mag‘lubiyat (1:3) borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Yaxshi o‘yin bo‘lib o‘tdi. "Inter" — grand jamoa ekanligini aytmasam ham barcha yaxshi biladi. Ular Italiya chempionatida oltin uchun kurash olib borishmoqda. Shunga qaramay, biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga urindik. Birinchi bo‘limni boy berdik — 0:1. Ikkinchi bo‘limda taktik o‘zgarish qildik va 5 nafar himoyachi bilan o‘ynashga o‘tdik, chiroyli tarzda javob golini urishga muvaffaq bo‘ldik.

Afsuski, keyin standart vaziyatlardan yana ikkita to‘p o‘tkazib yubordik. Albatta, bundan ko‘prog‘ini, yaxshirog‘ini istagandik. Biroq bo‘lar ish bo‘ldi. Men shogirdlarimga o‘yin uchun, maydonda borlarini berib harakat qilganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman — ular oxirigacha kurashishdi. Oldinda Tiraspoldagi javob o‘yini bor, tayyorgarlik ko‘ramiz. Futbolchilarim bilan faxrlanaman.

"Sherif" va "Real Madrid" 3-turdan so‘ng 6 ochkodan jamg‘argan, lekin o‘zaro o‘yindagi natija tufayli Jasurbek Yaxshiboyev jamoasi birinchi o‘rinni egallab turibdi. "Inter" hisobida 4 ochko, "Shaxtyor"da — 1 ochko bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Yuriy Vernidub "Sherif"ning YECHLdagi ilk mag‘lubiyatidan keyin nimalar dedi?