21:09 / 20.10.2021
1 070

OFK kubogi-2021. "Nasaf" finalda qachon, kim bilan o‘ynaydi?

OFK kubogi-2021. "Nasaf" finalda qachon, kim bilan o‘ynaydi?
OFK kubogining yarim finalida "Nasaf" Gonkongning "Li Man" klubini mag‘lub etdi va finalga yo‘l oldi.

Finalda "Ajdarlar"ga raqib bo‘ladigan jamoa nomi hali aniq emas. Bugun "Al Muharraq" (Bahrayn) - "Kuvayt SK" (Kuvayt) o‘rtasidagi o‘yin g‘olibi finalga chiqadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, final uchrashuvi 5 noyabr kuni "Al Muharraq" yoki "Al Kuvayt" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » OFK kubogi-2021. "Nasaf" finalda qachon, kim bilan o‘ynaydi?