22:18 / 20.10.2021
744

Ro‘ziqul Berdiyev: Umid qilamanki, bizda boshqa yo‘qotish bo‘lmaydi

Ro‘ziqul Berdiyev: Umid qilamanki, bizda boshqa yo‘qotish bo‘lmaydi
OFK Kubogi yarim final bosqichidan o‘rin olgan bahsda "Nasaf" Gong Kongning "Li Man" klubini 3:2 hisobida mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"Asosiy ishni bajardik va finaldamiz. Oson o‘yin bo‘lmasligini bilar edik. O‘z xatolarimiz tufayli gol o‘tkazib yubordik. Asosiysi o‘yinni g‘alaba bilan yakunlay oldik. Final bilan barchani tabriklayman.

Birinchi taymda pressing uyushtirib, raqibga deyarli o‘yin bermadik. "Li Man"ning o‘yini bizga bog‘liq ekanligini bilardik. Men ularning saviyasi biznikidan past, deb o‘ylamayman. Ularda yaxshi darajadagi mahalliy va legioner futbolchilar harakat qiladi.

Andriya Kaluderovich jamoamizga kelgan paytda bir narsani ta’kidlagandim, u to‘purar bo‘lmasin, ammo kerakli vaziyatda gol urib bera olsin. Bugun xuddi shunday bo‘ldi.

Husniddin Aliqulovning jarohati biroz jiddiy. Uni operatsiya qilish kerak ekanligini eshitdim. Bilishimcha, uning yelka suyagi singan. U kelajagi eng porloq futbolchilarimizdan. Umid qilamanki, bizda boshqa yo‘qotish bo‘lmaydi".

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: Umid qilamanki, bizda boshqa yo‘qotish bo‘lmaydi