11:03 / 21.10.2021
770

Rio-2016 sovrindori Diyorbek O‘rozboyev 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi

Rio-2016 sovrindori Diyorbek O‘rozboyev 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi
Rio-2016 olimpiadasining bronza medali sohibi Diyorbek O‘rozboyev O‘zbekiston Milliy antidoping agentligining «Milliy test ro‘yxati»ga kiritilgan bo‘lib, rejali tarzda doping-nazoratidan o‘tishi belgilangan. Joriy yilning 6 may kuni sportchidan musobaqadan tashqari davrda doping-sinama olingan edi.

Tekshiruv natijasida sportchi tomonidan Butunjahon antidoping kodeksi va O‘zbekiston Milliy antidoping qoidalarining 2.1-moddasida ko‘rsatilgan antidoping qoidabuzarligi sodir etilgan ya’ni «Meldonium» taqiqlangan moddasi iste’mol qilinganligi aniqlangan. Bu haqda Milliy antidoping agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Natijada O‘rozboyev 3 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Diskvalifikatsiya 2021 yil 16 avgustdan 2024 yil 15 avgustga qadar etib belgilandi.

Dzyudochi diskvalifikatsiya muddati tugaganga qadar Butunjahon antidoping kodeksi va O‘zbekiston Milliy antidoping qoidalarining 2.1-moddasida belgilab qo‘yilganidek, xalqaro va milliy toifadagi musobaqalarda ishtirok etishi taqiqlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Rio-2016 sovrindori Diyorbek O‘rozboyev 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi