11:27 / 21.10.2021
1 834

FIFA Jahon Chempionatini har 2 yilda o‘tkazish haqida federatsiyalarni ogohlantirdi

FIFA Jahon Chempionatini har 2 yilda o‘tkazish haqida federatsiyalarni ogohlantirdi
FIFA 2026 yildan boshlab futbol bo‘yicha Jahon Chempionatini har ikki yilda o‘tkazishni rejalashtirmoqda. FIFA bu haqida o‘z tasarrufidagi milliy assotsiatsiyalarni ogohlantirgan. Loyihani terma jamoalarning yangi taqvim rejasiga kiritish taklif etilgan.

Loyihaga ko‘ra, yil davomida klublar o‘z futbolchilarini terma jamoa ixtiyoriga yuboradigan kunlar 50 dan 30 gacha qisqaradi. Xalqaro musobaqalarning saralash bosqichida eng ko‘pi bilan yettita o‘yingacha bo‘lishi belgilanadi, shu tariqa saralash o‘yinlari faqat oktabr va mart oylaridagi FIFA kunlarida bo‘lib o‘tadi.

Tashkilot bu islohotlar futbolchilarni ortiqcha yuklamalardan xalos bo‘lishiga yordam beradi, deb hisoblamoqda. Misol uchun, 2014 va 2018 yillarda Lionel Messi klubdan terma jamoa ixtiyoriga borishi va ortga qaytishi uchun umumiy hisobda 324 ming kilometr masofa bosib o‘tgan. Yangi loyihaga ko‘ra, 2026 va 2030 yillarda bu ko‘rsatkich 157 ming kilometrgacha qisqaradi.

Undan tashqari FIFA UYEFA tasarrufidagi terma jamoalarning 4 yillik o‘yinlari 44 tadan 43 taga, Janubiy Amerika terma jamoalariniki esa 38 tadan 34 taga qisqarishi aytilgan.

Yangi loyiha haqidagi xabarlardan so‘ng, bir nechta Yevropa terma jamoalari FIFA tarkibidan chiqish bilan tahdid qilmoqda.
Allaqachon 12 ta terma jamoa assotsiatsiyalari FIFAdan chiqish bo‘yicha UYEFAni ogohlantirgan.

FIFA tarkibidan chiqish ehtimoli klublar va terma jamoalarning UYEFA tasarrufidagi musobaqalarda ishtirok etishiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Masalan, Gibraltar 2013 yilda UYEFA a’zoligiga qabul qilingan. FIFA a’zoligiga qabul qilinishiga qadar 3 yil mobaynida UYEFA tasarrufidagi musobaqalarda ishtirok etib kelgan.

FIFA futbolni ommaviy rivojlantirish bo‘limi rahbari Arsen Venger tomonidan bir necha yildan beri ilgari surilayotgan loyiha ayrim milliy federatsiyalar, xususan, UYEFA va uning ko‘plab a’zolariga yoqmayapti. Avvalroq FIFAga a’zo assotsiatsiyalarning 2/3 qismi ushbu g‘oyaga xayrixoh ekani xabar qilingandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFA Jahon Chempionatini har 2 yilda o‘tkazish haqida federatsiyalarni ogohlantirdi