19:18 / 23.10.2021
1 989

Igor Shkvirin "Turon" bosh murabbiyligidan ketdi

Igor Shkvirin "Turon" bosh murabbiyligidan ketdi
Kecha Coca Cola Superliga 23-turi doirasida "Bunyodkor" jamoasi o‘z maydonida "Turon"ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Kechagi mag‘lubiyatdan so‘ng yaypanliklarning Superligada jon saqlab qolish imkoniyatlari keskin pasayib ketdi.

"Championat.asia" sayti manbalarining ma’lum qilishicha, "Turon"ni boshqarib kelayotgan Igor Shkvirin bosh murabbiylikdan ketdi. Mavsumning qolgan 3 o‘yinida jamoani boshqa mutaxassis boshqaradi.

Igor Anatolevich shu yilning 23 iyun sanasida "Turon" bosh murabbiyiga aylangandi. Shundan so‘ng jamoa ketma-ket 5 tur mag‘lubiyat nimaligini bilmadi (2 g‘alaba va 3 durang), ammo keyingi 8 turning yettitasida futbolchilar maydonni boshlari egik holda tark etishdi. Superligada yaypanliklar bosh murabbiyligidagi 13 turda Shkvirin 2 g‘alaba, 4 durang va 7ta mag‘lubiyat qayd etdi. To‘plar nisbati - 11:20.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda "Turon" Superliga turnir jadvalida 23 o‘yindan keyin 13 ochko to‘plagan holda so‘nggi pog‘onada bormoqda. Undan yuqoridagi "Mash’al" va "Andijon"da 18tadan ochko va zaxirada bittadan o‘yin bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Igor Shkvirin "Turon" bosh murabbiyligidan ketdi