21:21 / 23.10.2021
1 969

“Nyukasl”ni qabul qilishga tayyor murabbiy topildi

“Nyukasl”ni qabul qilishga tayyor murabbiy topildi
Saudiya Arabistoni investorlari qo‘liga o‘tganidan keyin “Nyukasl”da katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutimoqda. Klub rahbariyati anchadan beri jamoaga yangi bosh murabbiy qidirayotgan edi. Antonio Konte, Joze Mourino, Zinedin Zidan kabi mutaxassislar bu jamoani qabul qilishni istamadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “qarg‘alar” ishsiz yurgan Frenk Lempard bilan ham uzoq muzokaralashgan. Angliyalik yosh mutaxassis ham “Nyukasl” taklifini rad etdi.

Manbalarning ta’kidlashicha, “Roma”ning sobiq bosh murabbiyi Paulo Fonseka “qarg‘alar” bilan ishlashga rozilik bergan. Tez orada klub u bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Ishsiz yurgan Fonsekaning o‘zi ham “Nyukasl”da ishlash istagini bildirgan edi. Agar shartnoma imzolansa, portugaliyalik murabbiy yiliga 6 million yevro miqdorida maosh oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Nyukasl”ni qabul qilishga tayyor murabbiy topildi