22:42 / 24.10.2021
1 344

La Liga. "Real" mavsumdagi ilk "Klasiko"da g‘alaba qozondi

La Liga. "Real" mavsumdagi ilk "Klasiko"da g‘alaba qozondi
Ispaniya La Ligasi 10-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Real" uchrashuvi yakuniga yetdi. Unda "qaymoqranglilar" 2:1 hisobida zafar quchdi.

32-daqiqada David Alaba uzoq masofadan yo‘llagan "pushka"si orqali hisobni ochdi. Hakam tomonidan asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqada Lukas Vaskes ikkinchi golni kiritdi. 97-daqiqada Serxio Aguero hisobdagi farqni bittaga qisqartirdi.

Ushbu g‘alaba natijasida "qaymoqranglilar" ochkolari sonini 20 taga yetkazib oldi va peshqadamga aylandi. 15 ochko jamg‘argan "ko‘k-anorranglilar" onlayn jadvalda 8-pog‘onani band etgan.

"Barselona" - "Real" 1:2
Gollar
: 0:1 – 32 Alaba, 0:2 – 90+3 Lukas Vaskes, 1:2 – 90+7 Serxio Aguero.
"Barselona" – ter Stegen, Mingesa (Koutino, 46), Pike, Erik Garsiya, Alba, Buskets, de Yong (Serdji Roberto, 77), Gavi (de Yong, 85), Dest, Depay, Fati (Aguero, 74).
"Real Madrid" – Kurtua, Alaba, Militao, Mendi, Modrich, Kroos, Kazemiro, Vaskes, Benzema, Vinisius Junior, Rodrigo (Valverde, 72).
Ogohlantirishlar: Pike (58), Mendi (80).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga. "Real" mavsumdagi ilk "Klasiko"da g‘alaba qozondi