00:29 / 25.10.2021
1 510

Karlo Anchelotti: Raqib haqida gapirishni yoqtirmayman

Karlo Anchelotti: Raqib haqida gapirishni yoqtirmayman
Ispaniya La Ligasi 10-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Real" Madrid uchrashuvida mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchdi. O‘yindan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

- "Klassiko"da g‘alaba qozonganimizdan xursandman, chunki bu eng muhim o‘yin. Men raqib haqida gapirishni yoqtirmayman, lekin bugun ular ham yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Orqa chiziqda tartibli himoyalanishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoamizda ko‘plab ustunliklar bor, bundan zavqlanishimiz lozim.

"Barselona" hisobni qisqartirganida qo‘rqdimmi? Shuni aytishim mumkin-ki, men hech qachon ortiqcha tashvishga tushmayman. Biroq hakam final hushtagini chalguniga qadar doim kichik qo‘rquv bo‘ladi
", - dedi italiyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, tomonlarning ikkinchi davradagi bahsi 2022 yilning 20 mart sanasida o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Karlo Anchelotti: Raqib haqida gapirishni yoqtirmayman