17:44 / 25.10.2021
1 679

"Nasaf" mehmonda durang o‘ynadi. Asimov "ajdarlar"ning golini inobatga olmadi

"Nasaf" mehmonda durang o‘ynadi. Asimov "ajdarlar"ning golini inobatga olmadi
O‘zbekiston Superligasi 23-turidan o‘rin olgan "Andijon" hamda "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakuniga yetdi. Unda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Hisob 26-daqiqada mezbonlar vakili Vasiliy Sovpel tomonidan ochildi. Bunga qarshiliklar 57-daqiqada Andriya Kaluderovichning penaltidan kiritgan goli evaziga javob qaytardi. Ikkinchi taymda "ajdarlar"ning goli inobatga olinmadi va Berdiyev shogirdlari o‘yinni davom ettirishdan bosh tortdi. Ammo bahs nihoyasiga yetkazib qo‘yildi. Asosiy vaqt yakuniga bir daqiqa qolganda, andijonliklar futbolchisi Farhod Sobirjonov 11 metrlik nuqtadan darvozani ishg‘ol eta olmadi.

Shu tariqa, "Nasaf" ochkolari sonini 40 taga yetkazib oldi. "Andijon" hisobida 19 ochko bor.

"Andijon" – "Nasaf" - 1:1
Gollar
: Vasiliy Sovpel 26, - 1:0. Andriya Kaluderovich 57 penalti, - 1:1.

"Andijon": 1.Eldor Adhamov, 2.Sardor Xursandov, 3.Azamat Isroilov, 4.Usmonali Ismonaliyev, 5.Abduvohid G‘ulomov, 8.Baxtiyor Qosimov, 9.Pavel Zabelin, 14.Vasiliy Sovpel, 17.Farhod Sohibjonov, 18.Abdug‘ani Kamolov, 49.Plamen Dimov.
Zaxira: 44.Asilbek Amonov, 6.Ibrohim Otaxonov, 7.Sherzod G‘ulomjonov, 10.Vladislav Vasilev, 11.Abdulhay Ismoilov, 25.Islombek Mamatkazin, 26.Muhammadkarim Toirov, 28.Abdurahmon Komilov, 77.Xurshidbek Ubaydullayev.

"Nasaf": 1.Umidjon Ergashev, 2.Alibek Davronov (34.Sherzod Nasrullayev, 85), 5.G‘olib G‘aybullayev, 7.Doniyor Narzullayev, 8.Dilshod Saitov, 18.Bahrom Abdurahimov (50.Shohmalik Komilov, 77), 22.Akmal Mozgovoy, 77.Oybek Bozorov (20.Suhrob Nurulloyev, 85), 88.Marko Stanoyevich, 92.Umar Eshmurodov, 99.Andriya Kaluderovich (19.Husayn Norchayev, 77).
Zaxira: 13.Azamat Soyibov, 6.Murodbek Rahmatov, 28.Sardor Sadullayev, 71.Jasur Jumayev.

Ogohlantirishlar: Baxtiyor Qosimov 54, Husayn Norchayev 80.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" mehmonda durang o‘ynadi. Asimov "ajdarlar"ning golini inobatga olmadi