21:45 / 25.10.2021
2 008

Viktor Kumikov: "Bunday uchrashuvni ortiqcha tahlil qilishga ham hojat yo‘q"

Viktor Kumikov: "Bunday uchrashuvni ortiqcha tahlil qilishga ham hojat yo‘q"
Superliganing 23-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Nasaf" (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Qiyin raqibga qarshi o‘ynadik. G‘alaba qozonishimiz uchun ajoyib imkoniyat yuzaga kelgandi. Bunday uchrashuvni tahlil qilishga ham hojat yo‘q. Ikki marotaba ham zarbani noaniq ijro etdik. Balki omad kelmagandir. Hozirgi kayfiyatda muhokama qilish qiyin. Kechirasizlar bor gapim shu.

Albatta natijadan qoniqmadim. Penalti belgilandi birinchisida ham, ikkinchisida ham tepa olganimiz yo‘q. Shunday imkoniyatni qo‘ldan boy berdik. Hech kim aybdor emas, o‘zimiz olib keldik. Ikkinchi bo‘limda balki charchab qolgandirmiz. Yigitlarga bosimni oshirish kerakligini aytdik. Ruhiy jihatdan hisobni ushlab qolishga urinib ko‘rishdi. Orqada o‘ynash, degan ko‘rsatmani bermagandik
", - deydi Viktor Kumikov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Viktor Kumikov: "Bunday uchrashuvni ortiqcha tahlil qilishga ham hojat yo‘q"