19:10 / 26.10.2021
1 439

Timur Kapadze Osiyo kubogi saralashidan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

Timur Kapadze Osiyo kubogi saralashidan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi
Xabaringiz bor, joriy yilning 27 oktabridan 2 noyabriga qadar yurtimizda U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi “D” guruhidan o‘rin olgan o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.

Bugun “Paxtakor” stadioni anjumanlar zalida saralash bahslari oldidan jamoalar murabbiyi va futbolchilar ishtirokida rasmiy matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Ushbu bosqich biz uchun tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Ayniqsa, bahslar O‘zbekistonda o‘tkazilishi biz uchun qulay bo‘ldi. O‘ylaymanki, oldimizda turgan o‘yinlar xalqaro tajriba taqdim etib, o‘zimiz uchun holatimizni, darajamizni aniqlab olishimizga xizmat qiladi.

“Nasaf” klubining finalga chiqqani bizga hech qanday ta’sir qilgani yo‘q. To‘g‘ri, Husayn Norchayev ushbu yig‘inga jalb qilinmadi, biroq bu boshqa futbolchilarga o‘zlarini ko‘rsatishi uchun imkon yaratadi. Umuman olganda, bunday musobaqalardan hamma o‘zi uchun tajriba oladi.

Yosh jamoa bilan musobaqada ishtirok etish katta muammo emas, chunki biz o‘z oldimizga katta maqsadlar qo‘yganmiz va ular yo‘lida to‘g‘ri harakat qilmoqdamiz, deb o‘ylayman. Bizda tanlov katta, iqtidorli yoshlarimiz ko‘p. Jalb qilingan 23 nafar futbolchimiz ushbu 3 ta o‘yinda o‘zlarini ko‘rsatishlariga ishonaman.

Shuningdek, barcha jamoalarga omad tilayman
", - dedi Kapadze.

Eslatib o‘tamiz, ushbu guruhda O‘zbekistondan tashqari Saudiya Arabistoni va Bangladesh terma jamoalari ham joy olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze Osiyo kubogi saralashidan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi