08:31 / 27.10.2021
1 344

JCH-2021: Britaniyalik jurnalist o‘zbek bokschisi jahon chempioni bo‘lishini taxmin qilmoqda

JCH-2021: Britaniyalik jurnalist o‘zbek bokschisi jahon chempioni bo‘lishini taxmin qilmoqda
Britaniyalik jurnalist Teylor O`Xiggins jahon chempionatida -48 kg vazn toifasidagi holat bo‘yicha o‘z taxminini bildirdi.
O`Xigginsning so‘zlariga ko‘ra, Temirtas 48 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida musobaqaning chorak finaliga qadar yetib boradi va u yerda katta ehtimol bilan O‘zbekiston vakili Nodirjon Mirzahmedov bilan uchrashadi.

«-48 kilogramm: chorak finalda Mirzahmedov va Jusupov o‘rtasidagi jangni tomosha qilish kerak va g‘olib oltin medalni qo‘lga kiritishi mumkin. Men ushbu jangda o‘zbekistonlikka ustunlik beraman va u finalda qirg‘izistonlik Turkbay uluni mag‘lub etadi, deb o‘ylayman. Qozog‘iston hali yosh bo‘lgan Sobit o‘rniga Jusupovni tanlaganidan biroz xafa bo‘ldim, ular oxirgi marta to‘qnash kelganlarida Sobit g‘alaba qozongan», — deb yozdi Teylor Twitter'da.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH-2021: Britaniyalik jurnalist o‘zbek bokschisi jahon chempioni bo‘lishini taxmin qilmoqda