21:37 / 27.10.2021
1 456

Ravshan Ermatov FIFAning rasmiy o‘yinlar agenti bilan uchrashdi

Ravshan Ermatov FIFAning rasmiy o‘yinlar agenti bilan uchrashdi
O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov FIFAnnig rasmiy o‘yinlar agenti Sidi Ayrous bilan uchrashdi.

Belgiyalik tajribali mutaxassis bir qancha futboli rivojlangan mamlakatlar bilan samarali hamkorlik qiladi. Xususan, Osiyo yetakchilaridan biri Yaponiya futbol assotsiatsiyasi bilan samarali ish olib bormoqda.

Ermatov mehmonga o‘zbek futbolining shonli tarixi haqida ma’lumot berib, bugungi kunda milliy va olimpiya, yoshlar terma jamoalari oldiga qo‘yilayotgan maqsad-vazifalarga to‘xtaldi. Barcha terma jamoalarimiz uchun yirik musobaqalar oldidan nufuzli raqiblar bilan xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish, turnirlarda qatnashish borasida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Sidi Ayrous o‘z navbatida O‘FA bilan hamkorlikni boshlashidan mamnun ekanligi va dastlabki qadam sifatida, yaqin kelajakda Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasida o‘yinlar tashkil etish tashabbusini bildirdi.

O‘FA matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Ermatov FIFAning rasmiy o‘yinlar agenti bilan uchrashdi