16:06 / 28.10.2021
1 314

Kuman "Barsa"dan iste’foga chiqarilgani uchun 12 mln yevro oladi

Kuman "Barsa"dan iste’foga chiqarilgani uchun 12 mln yevro oladi
Ronald Kuman "Barselona" bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgani uchun katta mablag‘ oladi.
58 yoshli mutaxassisga 12 million yevro to‘lashadi.

"Rayo Valekano" (0:1) bilan o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng "ko‘k-anorranglilar" prezidenti Joan Laporta ortiq Kumanning iste’fosini ortga sura olmadi. Murabbiy oldinroq o‘rinbosar topish va katta jarima sabab iste’foga chiqarilmagandi.

Kuman 2020 yilning 19 avgustida "Barselona" bosh murabbiyi etib tayinlangandi. U jamoa bilan 2020/21 yilgi mavsum Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kuman "Barsa"dan iste’foga chiqarilgani uchun 12 mln yevro oladi