20:32 / 16.11.2021
1 657

Futbolchilar qachon o‘z "pikiga" chiqadi? Tadqiqot o‘tkazildi

Futbolchilar qachon o‘z "pikiga" chiqadi? Tadqiqot o‘tkazildi
E’tiboringizga "The Athletic"ning futbolchilar qachon imkoniyatiga ko‘ra eng yuqori darajasiga chiqishi borasidagi tadqiqot ma’lumotlarini keltirib o‘tamiz.

Tadqiqotchilar murakkab statistik ko‘rsatkichlarga urg‘u berishni xohlashmadi, chunki bu ancha qiyin va doim ham real kartinani ko‘rsatib bera olmaydigan omil sanaladi. Ular asosiy e’tiborni futbolchilarning ampluasiga ko‘ra so‘nggi 10 yillikdagi o‘yin amaliyoti (o‘yin vaqti)ga qaratishdi.

Futbolchining individual "pik"idan kelib chiqsak, bu mantiqan unchalik ham to‘g‘ri emas. Tasodiflar juda ko‘p, murabbiy omili, bundan tashqari, APL kabi chempionat vakillarida yana juda ko‘plab mayda detallar mavjud. Misol uchun, Krishtianu Ronaldu faoliyatining eng yuqori cho‘qqisini aniq aytish deyarli imkonsiz.

23 yoshida YECHLda zafar quchganimi? 25 yoshda "Real"dagi birinchi mavsummi? 31 yoshdagi "Yevro" g‘olibligimi yoki 36 yoshda MYUga "kambek"mi? O‘ylashimizcha, statistik, emotsional va taktik jihatdan bu turli davrlar bo‘ladi.

Biroq ma’lumotlar oqimida o‘yin amaliyoti (o‘yin vaqti) eng ma’qul ko‘rsatkichlardan biridek:
1. Murabbiylar asosiy tarkibga odatda eng kuchlilarni, yaxshi sport formasida bo‘lganlarni qo‘yadi.

2. Niderlandiya, Daniya yoki Janubiy Amerikadan ko‘ra, APL uchun bu usul ko‘proq mos tushadi. Sababi aksariyat hollarda APLga futbolchilar ma’lum darajaga chiqib, kuchga to‘lgan davrda keladi va darhol natija berishi talab qilinadi. Boshqa Ligaga qayta sotish uchun yosh o‘yinchilarni inglizlar odatda xarid qilishmaydi.

"Atletik"dagilar uzoq tadqiqotlar natijasida shunday xulosaga kelishdi: darvozabon uchun - 28-29 yosh. Markaziy himoyachi uchun – 27-28 yosh. Qanot himoyachisi – 25 yosh va undan katta (undan kichik emasligi aniq). Markaziy yarim himoyachi ham 25+, Vinger xuddi hujumkor yarim himoyachilar kabi – taxminan 26 yosh, Markaziy hujumchi uchun "pik" esa – taxminan 27 yoshda. Juda qiziq-a, shunday emasmi?

Xo‘sh, bu borada sizning fikringiz qanday? Ronalduning eng "zo‘r davrlari" qachon bo‘lgan? Boshqa futbolchilar borasida nima deya olasiz?

Nozima Zaripova tarjimasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futbolchilar qachon o‘z "pikiga" chiqadi? Tadqiqot o‘tkazildi