22:40 / 17.11.2021
2 213

Byuro direktori kubogining g‘olibi aniqlandi

Byuro direktori kubogining g‘olibi aniqlandi
O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 8 yanvar - prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan xodimlarning jismonan sog‘lom bo‘lishlarini ta’minlash, ularning ishdagi mehnat unumdorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlari o‘rtasida joriy yilning noyabr oyida mini-futbol bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazib kelinmoqda.

Ushbu musobaqa dastlab, Byuroning hududiy boshqarmalarida tuman-shahar bo‘limlari miqyosida o‘tkazilib, ulardan saralab olingan g‘olib jamoalar xodimlaridan tarkib topgan Byuroning 14 ta hududiy boshqarma terma jamoalari o‘rtasida joriy yilning 2-16 noyabr kunlari saralash bosqichlari bo‘lib o‘tdi va bugun 17 noyabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan tennislar saroyi kortida Byuroning Jizzax viloyat boshqarmasi va Namangan viloyati boshqarmasi terma jamoalari ishtirokida final musobaqasi o‘tkazildi.

Murosasiz kechgan o‘yinda jizzaxlik Byuro xodimlarining qo‘li baland kelib, 5:3 hisobida g‘alaba qozonishdi.
G‘alaba qozongan jamoalarga Byuro direktori tomonidan sovrin va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bu kabi tadbirlar Byuro xodimlari uchun ananaga aylanishi va kelgusida ham yuqori darajada tashkil etib borilishi belgilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Byuro direktori kubogining g‘olibi aniqlandi