19:09 / 18.11.2021
2 113

Rasman! O‘zbekiston Qozog‘istonga qarshi 2 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Rasman! O‘zbekiston Qozog‘istonga qarshi 2 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Qozog‘iston bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Futzalchilarimiz 14-15-dekabr kunlari Qozog‘iston poytaxti Nursulton shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. Ushbu yig‘in davomida mezbon terma jamoaga qarshi 2 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Litvada bo‘lib o‘tgan futzal bo‘yicha jahon chempionatida Qozog‘iston terma jamoasi 4-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. O‘zbekiston terma jamoasi esa ushbu musobaqada 1/8 finalga qadar yetib borgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman! O‘zbekiston Qozog‘istonga qarshi 2 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi