11:11 / 19.11.2021
3 685

Murodjon Ahmadaliyev – Xose Velaskes. Bokschilar matbuot anjumanida nimalar dedi?

Murodjon Ahmadaliyev – Xose Velaskes. Bokschilar matbuot anjumanida nimalar dedi?
Kecha yengil vazn toifasida WBA va IBF yo‘nalishlari chempioni Murodjon Ahmadaliyev (9-0, 7 KO) va raqib chililik Xose Velaskes (29-6-2, 19 KO) 19 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan jang oldidan yakuniy matbuot anjumanida qatnashdi va bo‘lajak to‘qnashuv haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

Murodjon Ahmadaliyev: «Jang koronavirus bilan kasallanganim sababli qoldirilganiga va Ronni Riosning virus yuqtirib olganligi sababli raqib almashtirilganiga qaramay, men bu jangga tayyorman. To‘qnashuv bo‘lib o‘tayotganidan juda xursandman. Raqibim ancha kuchli, men uni hurmat qilaman. Men yaxshi va ajoyib jang ko‘rsataman, kamarlarimni o‘zimda saqlab qolaman, shuningdek, ushbu vazndagi barcha kamarlarni birlashtirishga tayyorman».

Xose Velaskes: «Men bu jangga juda qattiq tayyorgarlik ko‘rganman, bu imkoniyatni 20 yil kutdim va jang kuni buni namoyish etaman. Ha, Ahmadaliyev zo‘r bokschi, lekin u mendek kuchli va g‘alabaga chanqoq bokschini hali uchratmagan».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murodjon Ahmadaliyev – Xose Velaskes. Bokschilar matbuot anjumanida nimalar dedi?