17:47 / 21.11.2021
11 201

Viktor Kumikov: "Bugun xato qilishga haqqimiz yo‘q edi"

Viktor Kumikov: "Bugun xato qilishga haqqimiz yo‘q edi"
Coca-Cola Superliga 25-turidan o‘rin olgan “Andijon” – “Navbahor” (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbon jamoa bosh murabbiyi Viktor Kumikov o‘yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

- Bugungi o‘yinda xato qilishga haqqimiz yo‘q edi. Himoyani mustahkam ushlagan holda, hujumda imkoniyatlar yuzaga kelishini kutishimiz, raqibga bosim uyushtirishimiz kerak edi. Mudofaa chizig‘idagi yagona xato va bir futbolchimizning chetlatilishi o‘yin taqdirini hal qildi.

- O‘yindan oldin raqib qay darajada o‘rganilgandi?
- Barcha raqiblarni o‘rganamiz. Ijrochilik mahorati ham kerak, faqatgina raqibni o‘rganishning o‘zi yetarli emas. Umuman olganda, o‘sha burchak zarbasi ijro etilgan pallada adashmaganimizda, vaziyat boshqacha tus olishi ham mumkin edi. Bir himoyachimiz to‘pni o‘tkazib yubordi, biri esa raqibini ko‘zdan qochirdi. Bu esa o‘yin taqdiriga ta’sir ko‘rsatdi. Keyinchalik faqat durangga imkoniyat bo‘ldi, ammo chetlatishdan keyin vaziyatni yanada chigallashtirdi. Aslini olganda, futbolchilarimiz kutilganidek o‘yin ko‘rsata olishmadi, derbida, “Navbahor”ga qarshi uchrashuvda agressivlikni oshirish talab etilardi. Lekin ko‘rganingizdek, kerakli darajada o‘yin ko‘rsata olmadik. O‘yin uchun tuzgan rejalarimizda futbolchilarga aytgan narsalarimizni maydonda bajara olmadik.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Viktor Kumikov: "Bugun xato qilishga haqqimiz yo‘q edi"