20:22 / 24.11.2021
1 383

"Paxtakor" penaltilar seriyasidagi g‘alaba bilan finalga chiqdi

"Paxtakor" penaltilar seriyasidagi g‘alaba bilan finalga chiqdi
O‘zbekiston Kubogi yarim final bosqichidan o‘rin olgan ikkinchi uchrashuv yakuniga yetdi. Unda "Paxtakor" o‘z maydonida "Bunyodkor"ni mag‘lubiyatga uchratdi.

Dastlab, Xurshid G‘iyosov hisobni ochgan bo‘lsa, Hojimat Erkinov muvozanatni tikladi. Asosiy vaqt va qo‘shimcha bo‘limlarda g‘olib nomi aniqlanmagani uchun penaltilar seriyasiga murojaat etildi. Unda "sherlar" 5:4 hisobida zafar quchdi.

Ularni finalda "Nasaf" kutib turibdi.

PAXTAKOR – BUNYODKOR - 1:1 (penaltilar seriyasi 5:4)
Gollar
: Xurshid G‘iyosov 29, - 0:1. Hojimat Erkinov 41, - 1:1 (Odiljon Hamrobekov).
Penaltilar seriyasi: Shahboz Erkinov 0:0, Shahzod Azmiddinov 1:0, Abdulla Abdullayev 1:1, Boyan Matich 2:1, Xurshid G‘iyosov 2:2, Azizbek Turg‘unboyev 3:2, Davronjon Ergashev 3:3, Farruh Sayfiyev 4:3, Nurillo To‘xtasinov 4:4, Diyor Xolmatov 5:4.

"Paxtakor": 35. Sanjar Quvvatov, 3. Hojiakbar Alijonov (88. Shahzod Azmiddinov, 85), 5. Anzur Ismoilov, 7. Odiljon Hamrobekov (14. Humoyunmirzo Iminov, 112), 9. Sherzod Temirov (11. Boyan Matich, 85), 10. Dragan Cheran, 17. Dostonbek Hamdamov (8. Azizbek Turg‘unboyev, 81), 18. Hojimat Erkinov (28. Diyor Xolmatov, 81), 23. Sherzod A’zamov, 27. Sardor Sobirxo‘jayev (21. Abrorbek Ismoilov, 74), 34. Farrux Sayfiyev.
Zaxira: 25. Eldorbek Suyunov, 16. Marlen Chobanov, 19. Sharof Muhiddinov.
"Bunyodkor": 71. Sarvar Karimov, 6. Avazbek O‘lmasaliyev, 10. Xurshid G‘iyosov, 13. Lutfulla To‘rayev (29. Muzaffar Olimjonov, 93), 14. Mirjahon Mirahmadov (22. Shahboz Erkinov, 83), 17. Odiljon Abdurahmonov (49. Ibrohim Tomiva, 56), 19. Nurillo To‘xtasinov, 26. Ulug‘bek Abdullayev (7. Farhod Mirahmatov, 44), 30. Abdulla Abdullayev, 34. Suhrob Izzatov, 37. Muhammadodil Qahramonov (4. Davronjon Ergashev, 56).
Zaxira: 91. Zafar Safoyev, 3. Dian Talxatov, 33. Umarali Rahmonaliyev, 35. Azizbek Pirmuhammadov.
Ogohlantirishlar: Odiljon Hamrobekov 22, Farhod Mirahmatov 44, Davronjon Ergashev 67, Abror Ismoilov 76, Ibrohim Tomiva 84, Shahzod Azmiddinov 92, Sherzod A’zamov 120+1.
Chetlatishlar: Dragan Cheran 20, Sherzod A’zamov 120+1.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" penaltilar seriyasidagi g‘alaba bilan finalga chiqdi