23:11 / 25.11.2021
1 789

Abror Pirriyev: "Sen jamoamizga Yevropa iforini olib kira olgan haqiqiy professionalsan"

Abror Pirriyev: "Sen jamoamizga Yevropa iforini olib kira olgan haqiqiy professionalsan"
"Temiryo‘lchilar" shifokori Abror Pirriyev telegramdagi sahifasida portugaliyalik mutaxassis Mikael Sekeyraning "Lokomotiv"dan ketganiga munosabat bildirdi.

"Qay murabbiyni bu tarzda, bunday muhitda kuzatganimizni, ochig‘i, eslay olmadim. Xayrlashuv kechasi ehtiros, mehr va hayajonga boy bo‘ldi. Kechada aytilganidek, Sekeyra jamoa uchun “bolshe chem trener” bo‘la oldi.

Mika – sen doimo qalbimizda qolasan. Sen jamoamizga Yevropa iforini olib kira olgan haqiqiy professionalsan. Sen shunchaki ajoyib insonsan. Shaxsiy futbol klubim bo‘lganida, uni eng yuksak marralarga olib borish uchun boshqaruv rulini hech ikkilanmay senga topshirgan bo‘lardim.

Jamoamizda vaqtinchalik “shoh” vazifasini bajaruvchi Korostichenkoga omad tilab, aytgan so‘zlaring yodimda: "Men jamoani futbolning oliy matematikasi bilan yetakchiga aylantirmoqchi edim. Maydonda yo‘l qo‘yilgan maktab o‘quvchisi qiladigan xatolargina bizga pand berdi".

Futbolimiz – sendek yetuk mutaxassislar o‘rgatmoqchi bo‘lgan oliy matematikaga tayyor bo‘lishini istab, senga faqat omad tilab qolamiz.

Barchasi uchun rahmat!", – deya xabar qoldirdi jamoa shifokori Abror Pirriyev.

Ma’lumotlarga qaraganda, Denis Korostichenko "Nasaf" bilan o‘yinda "Lokomotiv" bosh murabbiyi vazifasini bajarib turadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abror Pirriyev: "Sen jamoamizga Yevropa iforini olib kira olgan haqiqiy professionalsan"