00:05 / 27.11.2021
3 425

Ralf Rangnik firibgarlikdan so‘ng Rossiyadan juftakni rostlab, Manchesterga yo‘l olmoqchi(mi)?!

Ralf Rangnik firibgarlikdan so‘ng Rossiyadan juftakni rostlab, Manchesterga yo‘l olmoqchi(mi)?!
Manchester sari safarga otlanayotgan firibgar Ralf Rangnik "temiryo‘lchilar" rahbariyatini "teshik tog‘ora"da qoldirib ketadi.
Rangnikning taklifiga ko‘ra, "Lokomotiv" bir qator shubhali transferlarni amalga oshirdi hamda Ralf o‘zining nemis tanishi Gizdolni tayinlash uchun sobiq murabbiy Nikolichni 3 million yevro tovon puli evaziga ishdan bo‘shatdi. Rossiyada Yevropa darajasidagi klub qurish umidi puchga chiqqach, "Lokomotiv"ning nemis messiyasi endilikda "Manchester Yunayted"ni boshqarish niyatida.

Rangnikning talabi bilan "Lokomotiv" Maradishvili (7 million), Kerk (6 million), Bek-Bek (6 million), Tiknizyan (5 million), Edvay (4 million) va Nenaxov (2 million) uchun 30 million yevro sarfladi. Rangnik taklifiga binoan shartnoma imzolagan futbolchilar atigi 3 ta gol urishdi - har bir gol Rossiya temir yo‘llariga 10 million yevroga tushdi. Shubhasiz, kimdir bu transferlardan yaxshigina manfaat ko‘radi. Va endilikda rus klubini xonavayron qilgandan so‘ng, murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanish mumkin. Tag‘in Manchesterda.

Aftidan, "Lokomotiv" endilikda mavjud budjeti bilan boshqarib bo‘lmas zanglagan shaldiroq aravaga aylanish xavfi ostida turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ralf Rangnik firibgarlikdan so‘ng Rossiyadan juftakni rostlab, Manchesterga yo‘l olmoqchi(mi)?!