“Nyukasl” o‘z safiga Usmon Dembeleni qo‘shib olish uchun unga katta miqdordagi maosh taklif qilmoqda. “Qarg‘alar” bu orqali futbolchining “Barselona” bilan yangi bitim imzolamasligini ta’minlamoqchi.
Aslida fransiyalik hujumkor futbolchining xaridorlari ko‘p. Biroq, nyukaslliklar unga yiliga 15 million yevro maosh to‘lamoqchi bo‘layotgani ularni futbolchi uchun kurashda favoritga aylantirdi.
“Barselona”ni qabul qilib olgan Xavi ham klub mutasaddilaridan mavsum oxirida shartnomasi tugaydigan Dembeleni olib qolishni talab qilyapti. Kataloniyada juda ko‘p jarohat olayotgan futbolchining o‘zi muhitni o‘zgartirish tarafdori. Qolaversa, kataloniyaliklar moliyaviy inqiroz davrida Usmonga angliyaliklar kabi katta maosh berolmaydi.
2017 yili 105 million yevroga transfer qilingan Usmon Dembele o‘tgan yozda Yevropa chempionatida olgan jarohatini davolatish bilan band. Agar “Barselona” yanvargacha uni yangi bitimga ko‘ndirmasa, boshqa da’vogarlar rasmiy muzokara boshlash huquqini qo‘lga kiritadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi