18:50 / 27.11.2021
2 419

Mirjalol Qosimov hakamlik haqida: Insofni hammaning o‘ziga bersin!

Mirjalol Qosimov hakamlik haqida: Insofni hammaning o‘ziga bersin!
O‘zbekiston Superligasi 26-turidan o‘rin olgan AGMK - "So‘g‘diyona" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

- Bu yilgi juda qiziqarli, kurashlarga boy chempionati yakuniga yetdi. Menimcha, kareram davomida bunday mas’uliyatli o‘yin bo‘lmagan edi. Baqoyev boshchiligidagi "So‘g‘diyona"ni ikkinchi o‘rin bilan tabriklayman. U yaxshi jamoa tuza oldi. Umuman olganda, bronza medali ham yomon natija emas. Mavsum avvalida jamoamizni bir necha yaxshi darajadagi futbolchilar tark etganiga qaramay, yaxshi jamoa tuza oldik.

Shu darajaga yetishishimiz uchun harakat qilgan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Hayot davom etadi. Men shogirdlarim bilan faxrlanaman. Shuningdek, mavsum davomida turli xil vaziyatlarda qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga rahmat demoqchiman.

AGMK boshqaruviga kelganingizga 2,5 yildan oshdi. Ammo hamon klubda himoyachi muammosi bartaraf etilmadi. Balki bu chiziqqa legioner olib kelish kerakdir.
- Nafaqat AGMKda, balki milliy terma jamoamizda ham himoyachi muammosi bor. Bugungi o‘zbek futbolida oldingi davrdagidek kuchli himoyachilar yo‘q. Menimcha, bu pozitsiyaga legioner olib kelishimiz kerak. Ammo biz katta harajat qila olmaymiz. Shuning uchun ham orqa chiziqda mahalliy futbolchilarga tayangan edik. Bu hozir hal qilinadigan masala emas.

Bugungi hakamlikdan ko‘nglingiz to‘ldimi?
- Biz ham osmondan tushgan odam emasmiz. Futbolni biz ham tushunamiz. Insofni hammaning o‘ziga bersin. Shu jumladan, menga, barchamizga bersin. Shunchaki, bunday muxlislar butun O‘zbekistonda yo‘q. Ularni aldashning iloji yo‘q. Shu zavodning og‘ir ishini qiladigan insonlar kelib, madaniy hordiq olishni istaydi. Men hakamlik haqida ortiqcha gapirishni xohlamayman.

Hakamlarni nazorat qiladigan alohida qo‘mita bor. Ular vaziyatni kuzatib, xulosa chiqarsin. Men o‘z ishim bilan shug‘ullanishim kerak.

"Nasaf"ga qarshi kubok yarim finalidan o‘rin olgan uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etmadingiz. Bu nima bilan bog‘liq?
- Qatnashgim kelmadi! Shuning uchun shogirdimni yubordim. To‘g‘risini aytsam, hali ham o‘zimga kela olmadim. Hamma narsaning chegarasi bor. Sog‘ bo‘ling!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov hakamlik haqida: Insofni hammaning o‘ziga bersin!