18:33 / 27.11.2021
1 865

Ro‘ziqul Berdiyev mag‘lubiyat sababi, kubok finalidagi jamoasining imkoniyati haqida gapirdi

Ro‘ziqul Berdiyev mag‘lubiyat sababi, kubok finalidagi jamoasining imkoniyati haqida gapirdi
Superliganing oxirgi turida "Nasaf" Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi bilan kuch sinashdi. Bellashuvda qarshiliklar 3:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. O‘yindan so‘ng Ro‘ziqul Berdiyev uchrashuv borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Biz qiyin bo‘lishini bilardik. Futbolchilarimda toliqish sezildi. "Lokomotiv" ancha tajribali va kuchli o‘yinchilarga ega. Qizil kartochkadan so‘ng o‘yin o‘zgarib ketdi. Bu mag‘lubiyatimizga sabab bo‘ldi. Bir kishi kam qolganimizda ham e’tiborliroq harakat qilishimiz kerak edi.

Bugungi mag‘lubiyat juda ham og‘ir bo‘ldi. Chunki biz sovrindor bo‘lishni istagandik. Lekin bu - futbol. Shuning uchun biz mag‘lubiyatni to‘g‘ri qabul qilamiz.

Uchrashuvdan oldin futbolchilarga VAR ishlashini aytgandik. Ular kartochkalar beriladigan vaziyatlar va penaltiga olib keladigan holatlarda ehtiyotkor harakat qilishlari lozim edi. Kutilmaganda Mannonov qo‘pollik ishlatib qiyin ahvolda qoldirdi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, biz tempni tushirib, himoyaga diqqatliroq bo‘lishimiz kerak ekan. Chunki jismoniy holatimiz 90 daqiqaga yetmas ekan.

Kubok finalida Marko Stanoyevichning o‘rnini kim to‘ldiradi? Bizda juda ham katta zaxira yo‘q. Shuning uchun bor futbolchilardan foydalanamiz.

"Nasaf"ning O‘zbekiston kubogini olish imkoniyati qanday? Osiyo Chempionlar ligasida o‘ynash uchun faqat bitta yo‘l qoldi. U ham bo‘lsa O‘zbekiston kubogi finalida g‘alaba qozonish. Shu bois bor kuch va e’tiborimizni mazkur bahsga sarflaymiz.

Ko‘pchilik futbolchilar shartnomalarini uzaytirdi. Lekin maqsadni yuqori qo‘yadigan bo‘lsak, tarkibimizga yana yaxshi o‘yinchilarni taklif qilishimiz kerak, - dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev mag‘lubiyat sababi, kubok finalidagi jamoasining imkoniyati haqida gapirdi