20:26 / 27.11.2021
1 636

Viktor Kumikov: "Motivatsiyasiz o‘ynagan bo‘lsak-da, yosh futbolchilarni sinovdan o‘tkazib oldik"

Viktor Kumikov: "Motivatsiyasiz o‘ynagan bo‘lsak-da, yosh futbolchilarni sinovdan o‘tkazib oldik"
Superliganing yakuniy 26-turidan o‘rin olgan "Turon" – "Andijon" (1:0) bahsidan keyin mehmonlar ustozi Viktor Kumikov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- O‘yin haqida
- Bugungi o‘yin natijasidan kelib chiqsak, o‘tgan o‘yinimizni eslatib yubordi. Futbolchilar mavsum yakunlanib, hammasi hal bo‘lib ulgurgani uchun motivatsiyasiz harakat qilishdi va yomon o‘yin ko‘rsatishdi.

Birinchi taymda raqibdan ustunroq edik. Umuman olganda, maqsadsiz va motivatsiyasiz o‘ynagan bo‘lsak-da, yosh futbolchilarni sinovdan o‘tkazib oldik. 8 kishi jamoamizni tark etdi. O‘yin bo‘yicha fikr bildirsam, omad kelmadi. Vanihoyat, ushbu mavsum tugadi, lekin u biz kutganchalik bo‘lmadi. Hali hammasi oldinda, ko‘ramiz.

- "Andijon" Pro ligaga tushib ketdi. Jamoada ishlashda davom etasizmi yoki boshqa takliflar kelib tushdimi?
- Hozircha bilmayman. Hali mavsum yakuni muhokama qilinadi, majlis bo‘ladi. Shartnomam yil oxirida nihoyasiga yetadi. Maqsadimizga erisholmadik, qaysidir jihatdan bunga men ham aybdorman. Yaqin kunlarda hammasiga oydinlik kiritilsa kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Viktor Kumikov: "Motivatsiyasiz o‘ynagan bo‘lsak-da, yosh futbolchilarni sinovdan o‘tkazib oldik"