20:29 / 27.11.2021
1 884

Shuhrat Maqsudov: "Har bir o‘yin oldidan raqib jamoaga qarshi tayyorlanamiz, lekin ichki raqib..."

Shuhrat Maqsudov: "Har bir o‘yin oldidan raqib jamoaga qarshi tayyorlanamiz, lekin ichki raqib..."
"Bunyodkor" - "Paxtakor" o‘yinidan so‘ng (3:2) mezbonlar bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov o‘z fikrlarini bildirdi.
"O‘yin haqida gapirsak, futbolchilarga rahmat aytmoqchiman. Uch kun oldin O‘zbekiston kubogida juda qiyin va og‘ir, 120 daqiqalik o‘yin o‘tkazganimizga qaramay, penaltilar seriyasidagi alamli mag‘lubiyatdan keyin ikki kun o‘tib, mana shunday qiyin o‘yin bo‘ldi. "Paxtakor"da tarkib deyarli 80 foiz o‘zgardi. bizda esa o‘sha tarkib o‘ynadi.

Ammo shunga qaramay futbolchilar, takrorlayman, aynan futbolchilar g‘alaba qozonishdi. (Tushungan odam tushunib oladi - deya qo‘shimcha qildi Maqsudov.

- Mavsum davomida qaysidir vaziyatda sizga, jamoaga ishonmaganlar bo‘ldi. "Abramov jamoani boshqarmoqda" deganlar ham bo‘ldi. Mana shunday sharoitdan so‘ng mavsum qanday o‘tdi deb o‘ylaysiz?
- Yana qaytaraman. Har bir o‘yin oldidan raqiblarga qarshi tayyorlanamiz. Lekin, ichki raqib vahimali bo‘ladi. Bugun ham yutqazayogan paytimizda xursand bo‘lib, bizga qarshi muxlislik qilganlar bo‘ldi.

Barchasini ayta olmayman, vafodor muxlislarimiz ham bor. Ammo afsuski, oilada shundaylar ham bo‘ladi. Ishonmaganlar uchun yigitlar bugun yana bir bor o‘zlarini ko‘rsatishdi va o‘ylaymanki, bundan ham yaxshiroq natijaga erishsak bo‘lardi. Ammo shunisiga ham shukr, nasib qilgani shu ekan. Bizga haqiqatdan ham muxlislik qilganlarga katta rahmat aytib qolmoqchiman.

- 26 ta tur nihoyasiga yetgan bo‘lsada, to‘purar markaziy hujumchi chiqmadi. O‘zingiz ham hujumchi bo‘lgansiz. Nima deb o‘ylaysiz, gollar soni yil sayin kamayib ketgani nimaga bog‘liq?
- Bilmasam, balki bu iqtidorli hujumchilarning yo‘qligidandir. Bizda Shomurodov kabi yigitlar bor. U tezda xorijga o‘ynagani ketdi. Masalan, "Paxtakor"da ham yaxshi yosh futbolchilar ko‘p. Barcha jamoada o‘ziga yarasha iqtidorlar bor. O‘ylaymanki, kelajakda yaxshi futbolchilar yetishib chiqadi. Chunki, O‘zbekiston iste’dodlarga boy.

Shuni qo‘shimcha qilishni istardimki, bizga ishonch bildirgan homiyimizga, ishlari tig‘iz ekanligiga qaramay Mehriddin Razzoqovichga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Mana shunday insonlar ko‘p bo‘lsin. Yuzta muxlisdan birgina mana shunday inson bo‘lgani yaxshi. Rahmat.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shuhrat Maqsudov: "Har bir o‘yin oldidan raqib jamoaga qarshi tayyorlanamiz, lekin ichki raqib..."