23:08 / 27.11.2021
1 975

Kelasi yil Superligada jamoalar soni 16 ta bo‘ladimi? O‘FA bu borada rasmiy bayonot bilan chiqdi

Kelasi yil Superligada jamoalar soni 16 ta bo‘ladimi? O‘FA bu borada rasmiy bayonot bilan chiqdi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi kelasi yil ham Superligada 14 ta jamoa ishtirok etishini tasdiqladi.

"Bugun Coca-Cola Superliga-2021 mavsumi o‘z nihoyasiga yetdi. Chempionat oxirgi turgacha qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi. Kuchli uchlikdagi sovrinli pozitsiyalar va yuqori ligada qolish uchun kurash shiddatli o‘tdi. O‘FA va PFL chempionat davomida yuzaga kelgan qiyinchiliklarga qaramay, sport prinsiplariga rioya qilishni ustuvor vazifa qildi va bunga qat’iy amal qilishda davom etadi.

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda Superliganing 2022 yilgi mavsumida ishtirokchi klublar soni oshirilishi va chempionatda 16 ta klub qatnashishi haqida taxminlar yangragandi. Shuni ma’lum qilamizki, O‘FA hamda PFL amaldagi reglamentga o‘zgartirish kiritmaydi va sport prinsiplariga qat’iy rioya qiladi. Keyingi mavsumda Superliganing ishtirokchi jamoalari soni o‘zgartirilmaydi. Bu borada tashabbus bilan chiqayotgan mutaxassislarni reglamentni hurmat qilishga chaqiramiz", - deyiladi tashkilot rasmiy bayonotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kelasi yil Superligada jamoalar soni 16 ta bo‘ladimi? O‘FA bu borada rasmiy bayonot bilan chiqdi