13:29 / 29.11.2021
1 727

O‘zbekiston MTJ Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston MTJ Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2022 yilgi o‘yinlarini kuchli terma jamoaga qarshi bahs bilan boshlaydi.
Biroz avval O‘FA matbuot xizmati tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Srechko Katanes boshchiligidagi terma jamoamiz 2022 yilning 21 yanvar kuni Yaponiya terma jamoasi bilan xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Mazkur bellashuv Tokiodagi "Saitama" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi bor 15 noyabr kuni Gruziya terma jamoasi bilan mehmonda o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushgan va 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJ Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi