21:15 / 29.11.2021
4 395

Jasur Yaxshiboyevga Portugaliyaning nomdor jamoasidan taklif bor. Xaridor kuchli uchlikda yuradi!

Jasur Yaxshiboyevga Portugaliyaning nomdor jamoasidan taklif bor. Xaridor kuchli uchlikda yuradi!
Bir necha kun avval Moldovaning "Sherif" klubi a’zosi Jasur Yaxshiboyev "Futbol" telekanalidagi "Offside" ko‘rsatuvi mehmoni bo‘ldi. O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchi kelgusi rejalari borasida fikr bildirdi. Yaxshiboyev qishki transferlar davrida jamoasini o‘zgartirish rejasi borligini aytdi.

- Menda hozir 2-3 ta variantlar bor. Hozir ochiqchasiga qaysi klublar ekanligini ayta olmayman. Barchasi aniq bo‘lsa keyin gapirish mumkin.
Qaysi davlat? Portugaliyadan! Ushbu mamlakat chempionatida kuchli uchlikda yuradigan klub. Ya’ni, "Portu", "Benfika", "Sporting" kabilardan biri.

Bundan tashqari boshqa jamoalardan ham takliflar bor. Lekin hammasi qishki transferlar davrida oydinlashadi. Shu payt boshqa jamoaga o‘tishim mumkin. "Legiya" baribir meni yaxshi taklif bo‘lsa sotadi.

Transfermarktdagi narxim 750 ming yevro. Biroq sotadigan va oladigan tomon o‘zaro kelishib, narx belgilaydi. Bu uzog‘i 2 million yevrogacha bo‘lishi mumkin
, - dedi Yaxshiboyev.

Eslatib o‘tamiz, Jasur Yaxshiboyevning transfer huquqi Polshaning "Legiya" klubiga tegishli. Hamyurtimiz hozir Moldovaning "Sherif" safida ijara asosida faoliyat yuritmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jasur Yaxshiboyevga Portugaliyaning nomdor jamoasidan taklif bor. Xaridor kuchli uchlikda yuradi!