Foto: Matchroom
Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasi (-69,8 kg) harakat qiladigan Isroil Madrimov (7-0, 5 KO) o‘zining navbatdagi jangini Toshkentda o‘tkazadi.
17 dekabr kuni o‘tkaziladigan jangda Madrimov fransiyalik Mishel Soroga (35-2-1, 24 KO) qarshi ringga ko‘tariladi. Madrimov—Soro jang g‘olibi WBA Super kamari uchun majburiy da’vogarga aylanadi. WBA Super kamari ayni damda Jermell Charloga (34-1-1, 18 KO) tegishli hisoblanadi.
Shuningdek, mazkur boks oqshomida Isroil Madrimovdan tashqari, o‘zbekistonlik bokschilardan Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘stmatovning ham raqibi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, G‘iyosov Kristian Rafael Koria (29-8-2, 13 KO) bilan jang qilsa, Hasanboy Hose Rivasga (18-12-4, 10 KO) qarshi ringga ko‘tariladi.
Bundan tashqari, bu boks oqshomida Elnur Abduraimov, Bektemir Meliqo‘ziyev va Dilshodbek Ro‘zmetovlar ham qatnashadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Meliqo‘ziyevga rossiyalik bokschi Sergei Ekimov raqiblik qilishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi