17:09 / 01.12.2021
2 487

Angliya terma jamoalari tarixidagi eng yirik hisob qayd etildi

Angliya terma jamoalari tarixidagi eng yirik hisob qayd etildi
Ayollar o‘rtasidagi JCH-2023 saralashida Angliya termasi Latviya darvozasiga javobsiz 20 ta (!) to‘p kiritdi. Bu Angliya terma jamoalari tarixidagi eng yirik g‘alaba hisoblanadi. Mazkur bahsda inglizlar safidagi uch futbolchi xet-trikka erishgan bo‘lsa, yana biri poker qayd etdi.

Shuningdek, ushbu hisob (20:0) ayollar o‘rtasidagi mundial saralashidagi eng yirik natijadir. Avvalgi rekordni o‘tgan hafta Belgiya TJ Armanistonga (19:0) qarshi o‘yinda o‘rnatgandi.

Angliya ayollar jamoasi “Q” guruhida 6-turdan keyin 18 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Angliya terma jamoalari tarixidagi eng yirik hisob qayd etildi