17:55 / 01.12.2021
2 551

Toshkentda katta boks kechasi tashkil etiladi: kimlar ringga ko‘tariladi?

Toshkentda katta boks kechasi tashkil etiladi: kimlar ringga ko‘tariladi?
Toshkent katta professional boks oqshomiga mezbonlik qiladi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston boks federatsiyasi.
Matchroom Boxing 17 dekabr kuni Toshkentda o‘tkaziladigan boks oqshomini rasman e’lon qildi.

Kechaning markaziy jangida Isroil Madrimov kelib chiqishi Kot D'Ivuarlik bo‘lgan, Fransiya sharafini himoya qiluvchi Mishel Soroga qarshi jang o‘tkazadi.

Ayni paytda Mishel Soro WBA reytingida 1, Isroil Madrimov esa 2-o‘rinni egallab turibdi. G‘olib bokschi chempionlik jangi uchun majburiy da’vogarga aylanadi.

Shou doirasida Shahram G‘iyosov, Hasanboy Do‘smatov, Bektemir Meliqo‘ziyev, Iqboljon Xoldorov, Elnur Abduraimov va Dilshodbek Ro‘zmetov kabi o‘zbek bokschilari ringga ko‘tarilishi kutilmoqda.

17 dekabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan janglar:
Isroil Madrimov — Mishel Soro;
Shahram G‘iyosov — Kristian Koria;
Hasanboy Do‘smatov — Xose Rivas;
Bektemir Meliqo‘ziyev — Sergey Yekimov;
Iqboljon Xoldorov — Dimitriy Miliusha ;
Elnur Abduraimov — Jon Gemino;
Dilshod Ro‘zmetov (debyut) — Yevgeniy Smirnov.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Toshkentda katta boks kechasi tashkil etiladi: kimlar ringga ko‘tariladi?