20:12 / 01.12.2021
2 330

Tuxel “Bavariya” yulduzini “Chelsi”ga o‘tishga ko‘ndirdi

Tuxel “Bavariya” yulduzini “Chelsi”ga o‘tishga ko‘ndirdi
Britaniyaning mashhur nashri The Mirror tarqatgan xabarga ko‘ra, “Bavariya” hujumkor futbolchisi Kingsli Koman yozda “Chelsi”ga o‘tishga rozilik bildirgan.

“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel bir necha marotaba fransiyalik futbolchi bilan bog‘lanib, uning jamoa uchun muhim o‘yinchi bo‘lishiga ishontira oldi.

Germaniyalik murabbiy bilan gaplashganidan keyin Koman myunxenliklar bilan yangi shartnoma tuzish fikridan qaytgani aytilmoqda. Avvalroq, “Bavariya” mutasaddilari yangi bitim bo‘yicha muzokarada o‘yinchi talab qilayotgan maoshni to‘lashga tayyor emasligini bildirgandi.

Kingsli Komanning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yarmigacha tuzilgan. Kelasi yozda bitim yakunlanishiga qisqa muddat qolgani va futbolchining ketish istagini inobatga olib, “Bavariya” uni katta bo‘lmagan narxga sotishga majbur bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tuxel “Bavariya” yulduzini “Chelsi”ga o‘tishga ko‘ndirdi