12:02 / 02.12.2021
2 534

WBC hamda WBO kamarlari sohibi Stefan Fulton Murodjon Ahmadaliyevni jangga chorladi

WBC hamda WBO kamarlari sohibi Stefan Fulton Murodjon Ahmadaliyevni jangga chorladi
Birinchi yarim yengil vazn toifasidagi Stefan Fulton Murodjon Ahmadaliyevni jangga chorladi.
WBC hamda WBO kamarlari sohibi Stefan Fulton (20-0, 8 KO) hamyurtimiz WBA/IBF kamarlari egasi Murodjon Ahmadaliyev(10-0, 7 KO)ga «vizov» tashladi. Fulton Instagramdagi «stories»ida «Kel, endi bu yo‘ldan chiqaylik», - deya Murodjonning akkauntini belgilab qo‘ydi.

Qo‘shimcha ma’lumot sifatida, WBC va WBO esa birgalikda Daniel Romanni ikkala yo‘nalishda ham majburiy da’vogar deb e’lon qildi. Eslatib o‘tamiz, Daniel Roman Murodjon Ahmadaliyevga WBA va IBF kamarlarini boy bergan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » WBC hamda WBO kamarlari sohibi Stefan Fulton Murodjon Ahmadaliyevni jangga chorladi