07:30 / 03.12.2021
2 065

Aleksandr Xomyakov: "Olimpik" butun o‘yin davomida bizdan kuchliroq edi"

Aleksandr Xomyakov: "Olimpik" butun o‘yin davomida bizdan kuchliroq edi"
Superliganing pley-off uchrashuvidan o‘rin olgan "Olimpik" – "Mash’al" (3:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov fikrlarini bildirdi.

- O‘yin haqida
- Hammasini ko‘rdingiz, "Olimpik" butun o‘yin davomida bizdan kuchliroq edi. Bizga mahorat va xarakter yetishmadi. Rejalashtirgan futbolimizni ko‘rsatolmadik. Biz birinchi golni ura oldik, ammo afsuski, o‘yinimiz juda yomon edi. "Olimpik" har taraflama bizdan kuchli ekanligni namoyish qildi. Ular bunga haqli ekanliklarini isbotlashdi, jamoaga Superligada omad tilayman!

- "Mash’al" jamoasi Superligada qolish uchun qulay imkoniyatga ega edi. Masalan, chempionat oxirgi turida "Surxon"ni yutishi mumkin edi yoki bugun ham nisbatan tajribali jamoa sifatida muvaffaqiyatga erisha olardi, ammo jamoa negadir ikkinchi raqam ostida va juda passiv harakat qildi. Bunga nima sabab bo‘ldi? Murabbiylar shtabi futbolchilarni o‘yinga tayyorlay olmadimi?
- Hozir ko‘p narsani aytishim mumkin. Ochig‘i, biz hech qachon birinchi raqamli jamoa sifatida o‘ynamaganmiz. "Surxon" bilan bahsdan keyin ruhiy jihatdan kuchsizlandik. Biz u yerda ijobiy natija qayd etishni istagandik, biroq o‘xshamadi. Shundan so‘ng keyingi uchrashuvga tayyorlanish uchun bizda 4 kun bor edi va aytganimdek, ruhiy taraflama tayyor bo‘lish ilojsiz edi. "Olimpik" qarshi hujumda yaxshi o‘ynashini inobatga olib, birinchi raqam ostida o‘ynash mantiqsizlik bo‘lardi.

Maydon markazida juda sust o‘ynadik. Ammo hech narsa o‘xshamadi. Raqib bizga qaraganda tajovuzkorroq va tezkorroq harakatlandi. Ko‘plab yakkakurashlarda mag‘lubiyatga uchradik.

- Jamoangizning asosiy "quroli" Godvin Chika tarkibda ko‘rinmadi. Bu nima bilan bog‘liq edi?
- U jarohatda edi, o‘zini noqulay his qildi. Shu bois murabbiylar shtabi bilan kelishgan holda uni qaydnomaga kiritmadik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Xomyakov: "Olimpik" butun o‘yin davomida bizdan kuchliroq edi"