Ule-Gunnar Sulsher iste’foga chiqarilganidan keyin yangi murabbiy topilgunga qadar “Manchester Yunayted”ni vaqticha boshqargan Maykl Kerrik klubdan ketdi.
U boshqargan so‘nggi uchrashuvda “Manchester Yunayted” qizg‘in raqobatda “Arsenal”ni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Gollardan ikkitasi Krishtianu Ronaldu va bittasi Brunu Fernandesh hisobiga yozildi.
40 yoshli Maykl Kerrik klubdan ketishini e’lon qilar ekan, futbolchi sifatida bu jamoada ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritganini, doimo “Manchester Yunayted” muxlisi bo‘lib qolishini ta’kdlab, jamoani qabul qilib olayotgan Ralf Rangnik, klub xodimlari va futbolchilarga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Endi “Manchester Yunayted”ni 15-tur o‘yiniga Ralf Rangnik tayyorlaydi. Germaniyalik mutaxassisning debyut uchrashuvida jamoa “Kristal Pelas” bilan raqobatlashadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!