14:41 / 03.12.2021
2 470

“Barselona” bir guruh o‘yinchilar bilan xayrlashadi

“Barselona” bir guruh o‘yinchilar bilan xayrlashadi
Moliyaviy inqirozlar to‘ridan chiqib keta olmayotgan “Barselona” bir necha futbolchilarini qo‘yib yuborishiga to‘g‘ri keladi. Ular orasida klub rahbariyati sotib yubormoqchi bo‘lganlar ham, bosh murabbiy Xaviga kerak o‘yinchilar ham bor.

Ma’lumotlarga qaraganda, klub mutasaddilari sotib yubormoqchi bo‘layotganlar ro‘yxatining eng yuqori qismida ikki himmoyachi – Kleman Langle va Serjino Dest turibdi. Avvalroq, Langlega “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino qiziqayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Biroq, “Barselona” o‘zida saqlab qolishni istayotgan ayrim futbolchilar boshqa jamoalarga o‘tib ketishi kutilmoqda. Xususan, urugvaylik himoyachi Ronald Arauxo, germaniyalik darvozabon Mark-Andre ter Shtegen va niderlandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yong kabi mahoratli o‘yinchilarga grand klublardan taklif bo‘lyapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barselona” bir guruh o‘yinchilar bilan xayrlashadi