18:16 / 03.12.2021
2 825

Albina Xabibulina umrbod sportdan chetlashtirildi

Albina Xabibulina umrbod sportdan chetlashtirildi
2 dekabr kuni Tennis Integrity Agency (ITIA) agentligi sobiq tennischi Albina Xabibulina umrbod diskvalifikatsiya qilinganini tasdiqladi. Bunga Tennisda korrupsiyaga qarshi kurash dasturining (TACP) ko‘plab qoidalari buzilgani sabab bo‘lgan, deb xabar berdi Gambling Insider.

Tennischi oldindan kelishilgan o‘yinlarni tashkil qilish aybi bilan umrbod sportdan chetlatildi. U faoliyati davomida IFT yakkalik bahslarida eng ko‘p ochko 492 ball, IFT juftlik bahslarida esa eng ko‘p ochko – 208 to‘plagan.

Albina 2021 yil 21 noyabrdan diskvalifikatsiya qilingan va o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarga e’tiroz bildirmagan. Sportchining arbitraj sudiga apellyatsiya berishi uchun yana 20 kun bor.

Albina Xabibulina 2017 yildan beri O‘zbekiston fuqarosi hisoblanmaydi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi bayonot bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Albina Xabibulina umrbod sportdan chetlashtirildi