15:26 / 04.12.2021
2 245

Ronaldu: Gol urish mana bundoq bo‘ladi!

Ronaldu: Gol urish mana bundoq bo‘ladi!
Krishtianu Ronaldu “Arsenal”ga qarshi o‘yinda bir juft gol urib, jamoasining 3:2 hisobidagi muhim g‘alabasiga ulkan hissa qo‘shdi. Shu bilan birga portugaliyalik yulduz faoliyatidagi rasmiy uchrashuvlarda kiritilgan gollari sonini 801 taga yetkazib, rekord natija qayd etdi.

Ronaldu klublar va terma jamoalar miqyosidagi rasmiy uchrashuvlarda 800 tadan ko‘p gol urgan yagona futbolchi hisoblanadi.
Krishtianu gollaridan 115 tasini Portugaliya terma jamoasida nishonlagan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha ham jahonda birinchi o‘rin hisoblanadi.

Klublar miqyosida “Manchester Yunayted”da 130 ta, “Real”da 450 ta, “Sporting”da 5 ta va “Yuventus”da 101 ta to‘p kiritgan.
Ronaldu butun faoliyati davomida 58 ta xet-trik qayt etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu: Gol urish mana bundoq bo‘ladi!