00:45 / 05.12.2021
2 663

Ro‘ziqul Berdiyev o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

Ro‘ziqul Berdiyev o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi
O‘zbekiston kubogi finalidan so‘ng ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- G‘alabadan xursandmiz. Bir qator katta o‘yinlarni o‘tkazdik. Futbolchilar bilan niyat qilgandik, finalda zafar quchishga va buni uddaladik. Muxlislarga rahmat, bu g‘alabani ularga bag‘ishlaymiz.

Bugun bir kishi kam bo‘lib o‘ynadik. Bu holatda ham shogirdlarim ishonchli harakat qilishdi. Chempion jamoa bizga nisbatan ancha mazmunli harakat qilgandir, biroq biz vazifani bajara oldik.

Biz yarim finalda ham bir kishi kam bo‘lib g‘alaba qozondik. O‘zgarishlar qildik, kuchni teng sarfladik. Shuning uchun kubokni qo‘lga kiritdik.

Kecha aytib o‘tganimdek, "Nasaf" bu mavsum boshqa klublardan ko‘ra ko‘proq o‘yin o‘tkazdi. Bu og‘ir bo‘ldi. Zaxira tor, lekin bor futbolchilardan foydalanib, motivatsiya evaziga g‘alaba qozondik.

Bir yilda yangi jamoa qurdik. Muhimi o‘z o‘yinimizni yo‘qotmadik.

Jamoani saqlab qolish? Ko‘p futbolchilar bilan shartnomalarni 3-4 yilga uzaytirdik. Faqatgina ayrim katta futbolchilar va murabbiylarning bitimi tugayapti. Ammo rahbariyatning keyingi yilgi maqsadlari ancha yuqori...

Oybek Bozorov qo‘pol futbolchi emas. U vaziyatni ochig‘i o‘zim ko‘ra olmadim. Yordamchilarimdan so‘radim. Biroq yakun biz uchun yaxshi bo‘ldi va bu holatni eslash shart emas.

Finalni Bobir Abdixoliqov stadiondan kuzatdi va uni keyingi mavsum jamoada ko‘rishimiz mumkinmi?Agar u finalni stadiondan kuzatgan bo‘lsa, nima uchun bizni g‘alaba bilan tabriklamadi, shunisi qiziq. Albatta, uning klub bilan kelajagi borasida esa balki keyinroq gaplasharmiz, - dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi