O‘zbekiston kubogi finalidan so‘ng ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda dastlab "sherlar" ustozi Piter Xyuistra o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- O‘yin qiyin o‘tishini bilardik. Biz qizil kartochkadan so‘ng asabiylashdik. Futbolchilarim bunday imkoniyatdan foydalana olmadi. Butun mavsumdagi chiroyli o‘yinimizni ko‘rsata olmadik. "Nasaf" esa aksincha juda tartibli harakat qildi.
Bir kishi ko‘p bo‘lgach, negadir shogirdlarim ko‘ngildagidek o‘ynay olmadi. Asabiylashish holati kuzatildi.
O‘zbek futbolida barcha VAR bilan o‘ynashni o‘rganishi lozim. Ya’ni VAR uchrashuvda bor ekanligini his qilishi darkor. Har qanday holat kameralarga aks etishini inobatga olish kerak.
Biz ertaga rahbariyat bilan kelajak haqida gaplashamiz. Ko‘p narsa boshqa faktorlarga ham bog‘liq. Kelgusi rejalar ham hal qilinadi. Eng asosiysi, avval ham aytib o‘tganimdek, menga O‘zbekiston yoqadi va bu yerda ishlashdan mamnunman, - dedi Piter Xyuistra. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi