Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning o‘zaro raqobati Ispaniya chempionatining haqiqiy bezagi edi. Endi bu yulduzlar Angliyada o‘zaro to‘qnash kelishi mumkin.
Le10Sport nashrining xabar berishicha, Messi faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi kutilmoqda. Unga “Barselona”da ustozlik qilgan Xosep Gvardiola asosiy xaridor hisoblanadi.
Argentinalik yulduzning shartnomasida Parij klubi uning ketishiga to‘sqinlik qila olmaydigan band borligi aytilmoqda. Xosep Gvardiola esa Messi jamoaning hujumkorligini oshirishiga qattiq ishonmoqda.
Messiga “shaharliklar”dan tashqari “Chelsi” ham qiziqmoqda. Biroq, “aristokratlar”ning moliyaviy imkoniyatlari va Messini o‘z saflariga o‘tishga ko‘ndirish imkoniyati “Manchester Siti”nikidan ancha past ekani ta’kidlanyapti.
Messi esa hamon Chempionlar ligasida zafar quchish orzusi bilan yashamoqda. Qolaversa, 2024 yilgacha Yevropada qolishga qaror qilgan argentinalik yulduz “Siti” yordamida Angliya chempionligini qo‘lga kiritish ehtimoli yuqoriligi ham uni jamoasini almashtirishiga turtki bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin