10:13 / 07.12.2021
1 725

AQSH Pekin Olimpiadasiga diplomatik boykot e’lon qildi

AQSH Pekin Olimpiadasiga diplomatik boykot e’lon qildi
Jen Psaki / Foto: AP
AQSH 2022 yilda Pekinda o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlariga diplomatik boykot e’lon qildi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, ushbu qaror AQSH diplomatik va rasmiy shaxslari Olimpiadaga bormasliklarini anglatadi, biroq sportchilar musobaqalarda ishtirok eta olishi mumkin.

Xitoy Sinszyanda amalga oshirayotgan genotsid va u tomondan sodir etilayotgan boshqa inson huquqlari buzilishlarini hisobga olib, Bayden ma’muriyati 2022 yilgi Pekin Olimpiadasi va Paralimpiadasiga diplomatlarni yoki rasmiy shaxslarni yubormaydi”, deb aytgan Psaki brifingda.

Oq uy vakilining ta’kidlashicha, Vashington bu qarori haqida ittifoqdosh davlatlarni xabardor qilgan, biroq ular Pekin Olimpiadasi bo‘yicha o‘zlari qaror qabul qiladilar.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi AQSHning sportchilarning Olimpiadada ishtirok etishi masalasini siyosatdan tashqarida qoldirganini qutlashini aytgan. Qo‘mita AQSHning Pekin Olimpiadasiga delegatsiyani yubormaslik qaroriga izoh berib, har bir davlatning siyosiy qarorini hurmat qilishini ta’kidlab o‘tgan.

Hukumat vakillari va diplomatlarning ishtirok etishi bu har bir hukumatning shaxsiy siyosiy qarori va XOQ siyosiy neytral bo‘lgani sababli bu qarorni hurmat qiladi. Shu bilan birga, AQSHning diplomatik boykot e’lon qilishi Olimpiada va unda sportchilarning ishtirok etishi siyosatdan tashqarida ekanini yaqqol bildiradi va biz buni qutlaymiz”, deb aytilgan XOQ saytida.

Avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden Pekin Olimpiadasi boykot qilinishi mumkinligini aytgan. Baydenning ta’kidlashicha, bu qaror Xitoy tomondan nafaqat Sinszyanda, balki Tibet va Hongkongdagi inson huquqlari buzilishlari bilan bog‘langan. Vashingtonning ushbu tashabbusini Avstraliya qo‘llab-quvvatlagan.

Pekin Olimpiadasi 2022 yil 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda 109 ta medal shodasi o‘ynaladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » AQSH Pekin Olimpiadasiga diplomatik boykot e’lon qildi