07:57 / 08.12.2021
1 612

YECHL. "Milan" o‘z maydonida mag‘lub bo‘lib, guruhda qolib ketdi

YECHL. "Milan" o‘z maydonida mag‘lub bo‘lib, guruhda qolib ketdi
Yevropa chempionlar ligasi 6-turidan o‘rin olgan "Milan" - "Liverpul" uchrashuvi yakuniga yetdi. Mazkur bahsda maydon egalari 1:2 hisobida raqibga imkoniyatni boy berdi.

Dastlab, Tomori 29-daqiqada hisobni ochdi. 36-daqiqada Saloh muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limda Origining urgan goli o‘yin taqdirini hal qildi.

Shunday qilib, "Milan" 4 ochko bilan o‘z guruhida so‘nggi o‘rinni egalladi. Maksimal 18 ochko to‘plagan "Liverpul" birinchi o‘rin bilan keyingi bosqich yo‘llanmasini hal qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YECHL. "Milan" o‘z maydonida mag‘lub bo‘lib, guruhda qolib ketdi