22:30 / 08.12.2021
3 532

Mourino Shomurodovning raqobatchisini tanladi!

Mourino Shomurodovning raqobatchisini tanladi!
“Roma” Konferensiyalar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turida Bolgariyada SSKA jamoasi mehmoni bo‘ladi. Italiya chempionatidagi muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng Joze Mourino tarkibga o‘zgartirishlar kiritishga qaror qildi.

Corriere della Sera nashrining xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis Sofiyadagi o‘yinda ispaniyalik futbolchilar – hujumchi Borxa Mayoral va koronavirusdan tuzalgan yarim himoyachisi Gonsalo Vilyarga imkoniyat berishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumki, Borxa Mayoral asosiy tarkibga kirish uchun kurashda Temmi Abraxam, Eldor Shomurodov va Stefan El-Shaaraviga yutqazib qo‘yayotgan edi. Agar manba tarqatayotgan xabar o‘z isbotini topsa, katta ehtimol bilan Shomurodov SSKAga qarshi uchrashuvda zaxirada qoldiriladi. Chunki hamyurtimiz A Seriyada “Inter”ga qarshi so‘nggi uchrashuvda to‘liq o‘ynagan bo‘lsa-da, o‘zini ko‘rsata olmadi.

Shuningdek, Bolgariyadagi bahsda Mourino universal yarim himoyachi Nikolo Dzanolo va markaziy himoyachi Janluka Manchini xizmatidan ham foydalanishi aniq bo‘lgan. Chunki bu o‘yinchilar sariq kartochkalari ko‘payib ketgani bois, A Seriyaning “Spetsiya”ga qarshi bo‘ladigan navbatdagi turini o‘tkazib yuboradi.

“Roma” murabbiylar shtabi Kris Smollingga ham dam berishga qaror qildi. Ular bo‘lajak uchrashuvda Marash Kumbullani sinab ko‘radi.

SSKA – “Roma” uchrashuvi 9 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:45 da boshlanadi.

Mourinoga hamkasbidan qimmatli maslahat
Italiyalik mashhur murabbiy Fabio Kapello “Roma”ni boshqarayotgan hamkasbi Joze Mourinoga bor e’tiborini Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqishga qaratishni maslahat berdi.

- Mourino – zo‘r murabbiy. Endi u Rimda ishlash qanchalar qiyin ekanini bilib va tushunib oldi. Bu menga o‘z tajribamdan yaxshi ma’lum. Menimcha, u bor e’tiborini Konferensiyalar ligasiga qaratishi kerak. Uning o‘zi biror sovrinni qo‘lga kiritish muhim yutuq ekanini doimo ta’kidlab keladi, - dedi Fabio Kapello.

Eslatib o‘tamiz, “Roma” rahbariyati Mourino oldiga doriy mavsumda Konferensiyalar kubogida zafar quchish, A Seriyada kuchli to‘rtlikka kirib, Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish vazifasini qo‘ygan.

Mourino shogirdlari UYEFA tasnifidagi turnirda bosh sovrin sari yurishni davom ettirayotgan bo‘lsa-da, milliy chempionatda Chempionlar ligasiga yo‘llanma beradigan zonadan tobora uzoqlashib bormoqda.

“Roma” futbolchilari taklif kutyapti
Qishki transferlar vaqtida “Roma”ning ayrim o‘yinchilari yangi jamoaga o‘tishni rejalashtirmoqda. Klub rahbariyati ham bir guruh futbolchilardag qutilishga qarshi emas.

Il Messaggero nashri xabariga ko‘ra, 30 yoshli himoyachi Davide Santon va 34-yoshli markaziy himoyachi Federiko Fasio qishda yangi taklif olishiga ishonmoqda. Bu futbolchilarga Joze Mourino jamoadan joy bermayapti va ular o‘yin amaliyotisiz qolib ketmoqda.

Santon va Fasioning rimliklar bilan shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi. Fasio Italiya chempionatida qolishni istamoqda. Santonga Turkiya klublaridan qiziqish bo‘layotgani haqida ma’lumotlar bor.

“Roma” kutayotgan futbolchining xaridori ko‘payib ketdi
“Roma” bir necha hafta muqaddam “Borussiya M” rahbariyatiga shveysariyalik Denis Zakariya transferi bo‘yicha taklif bergan edi.
Bu yarim himoyachi mavsum yakunlanishi bilan erkin agentga aylanadi va myonxengladbaxliklarning yangi shartnomasini qabul qilmadi. “Roma” uni qo‘lga kiritish uchun yanvarda besh million yevroga sotib olish taklifini bildirgan.

Zakariyaning o‘ziga yiliga 4-4,5 million yevrolik uzoq muddatli shartnoma berilgan. Biroq, hozircha Bundesliga vakilidan javob bo‘lgani yo‘q.
Shu o‘rinda, mohir yarim himoyachiga xaridorlar safi kengayib bormoqda. Unga “Roma”dan tashqari “Yuventus”, “Liverpul”, “Vest Xem”, “Everton” va “Barselona”dan qiziqish bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino Shomurodovning raqobatchisini tanladi!