23:00 / 08.12.2021
2 459

Qudratillo Abduqahhorov: "Amerikada kattaroq nomlar bilan jang qilishni hohlayman"

Qudratillo Abduqahhorov: "Amerikada kattaroq nomlar bilan jang qilishni hohlayman"
Mana 3 yildirki professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov IBF chempionlik kamari uchun da’vogarlik o‘rnida bormoqda. Garchi, majburiy da’vogar hisoblansa-da, u hamon chempionlik kamari egasi Errol Spens bilan jang qilganicha yo‘q. 147 funtda "The Ring" reytingida 7- o‘rinda borayotgan Abduqahhorov o‘zi uchun uzoq kutilgan jangni olish niyatida bo‘lsa-da, Errol Spensning ikki marta jarohat olganligi, "Covid-19" bilan bog‘liq muammolar buni uzoqqa cho‘zilishiga sababchi bo‘layotganini ham tushunadi.

Qudratillo Abduqahhorovning navbatdagi jangi 11 dekabr kuni Kaliforniya shtatida joylashgan "Dignity Health Sports Park" arenasida bo‘lib o‘tadi. Mazkur kechada unga mag‘lubiyatsiz odimlayotgan kanadalik bokschi Kodi Kroule raqiblik qiladi.

"Bu biroz yomon holat lekin men o‘z jamoamdan meni aktiv faoliyatda bo‘lishimga sharoit yaratib berganlari uchun mamnunman. Oxirgi yillarda buni amalga oshirish qiyin bo‘lmoqda, lekin men diviziondagi eng yaxshilar bilan jang qilishni xohlayman. Hozirda Kroulega butun e’tiborimni qaratishim kerak. Chunki uni mag‘lub qilmasam, Spens bilan jang qila olmayman. Men shu jangga diqqat qilganman", - dedi Abduqahhorov.

28 yoshli Abduqahhorov 17 oylik tanaffusdan so‘ng, joriy yilning mart oyida Xaviyer Flores ustidan g‘alaba qozongan edi.

"Bunchalik uzoq vaqt jang qilmasdan yurish qiyin. Men hammasini yaxshi tomondan ko‘ra oldim va jangda g‘alaba qozondim. Amerikada yana jang o‘tkazish ajoyib, bu safar bizga yordam beruvchi muxlislar ham bo‘ladi", - deb qo‘shimcha qiladi u.

"The Punisher" shimoliy Kaliforniyada murabbiy Menni Robles va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha Matias Erbin qo‘l ostida 5 haftalik mashg‘ulot jarayonini o‘tkazdi.

"Menni bilan birga yaxshi mashg‘ulot bo‘ldi. O‘zim uchun yangi narsalarni o‘rgandim. Matias esa meni yuqori jismoniy holatimni saqlashda yordam berdi va men Kaliforniyadagi muxlislar uchun o‘zimni tomoshabob jangchi ekanimni ko‘rsatishni xohlayman", - deydi u.

Qudratillo Abduqahhorov mazkur bahs katta janglar oldidan so‘ngisi bo‘lishiga umid qilmoqda.

"Men janglar ortidan quvmayman, bu borada barchasini (menejer) Vikram va (promouter) Sampsonga qo‘yib beraman. Ular men uchun eng yaxshi yo‘lni biladi va ularni ko‘rsatmasiga amal qilaman, lekin kelasi yili Amerikada kattaroq nomlar bilan jang qilishni xohlayman."

Menejir Vikram Sivapragasam Abduqahhorovni mashhurlar jam bo‘lgan yulduzli diviziyadagi o‘zgarishlardan so‘ng, nomdorlar qatorida bo‘lishiga umid qilmoqda.

"Bu yili ushbu vaznda ko‘plab o‘zgarishlar bo‘ldi. Biz yil davomida Menni Pakyao va Shon Porter kabi jangchilar o‘z faoliyatini yakunlaganiga guvohi bo‘ldik. Shuningdek, Verjil Ortis va Jeron Ennis kabi yosh jangchilar yetishib chiqmoqda. Ishonamanki, Qudratillo ham mazkur diviziyaning bir bo‘lagi sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘ladi", - deydi menejer.

Uning promoteri Sampson Levkovich esa katta janglar ostonasida ekanliklariga ishonmoqda.

"Ishontirib aytamanki, mazkur jangdan so‘ng biz uchun ulkan imkoniyat vaqti bo‘ladi. Biz katta, mashhur nom yoki chempionlik jangini kutmoqdamiz", - deydi Levkovich.

Qudratillo Abduqahhorovga raqiblik qiluvchi Kroule professional faoliyatini 2014 yilda boshlagan. 28 yoshli Kroule oxirgi janglarida Styuart MakLellan, Mian Hussain, Josh Torres kabi bokschilarni mag‘lub etgan. Hozirda statistikasi (19-0, 9KO).

Ingliz tilidan Jalol Ahmedov tarjimasi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qudratillo Abduqahhorov: "Amerikada kattaroq nomlar bilan jang qilishni hohlayman"