13:12 / 26.02.2015
6 922

Telegram fotoredaktor va Touch ID funksiyasiga ega bo‘ldi

Telegram fotoredaktor va Touch ID funksiyasiga ega bo‘ldi

Telegram messenjeri fotosuratlarni chop qilishdan oldin tahrirlash funksiyasi va suhbatlar xususiyligini ta’minlovchi himoyaga ega bo‘ldi, deya xabar bermoqda «Lifehacker.ru».

Ichki fotoredaktor rasmni kesish, boshqa tomonga burish, yorqinligini, kontrastini yaxshilash imkonini beradi.

Bundan tashqari, parol bilan himoya rejimi — Touch ID barmoq izini skanerlash yordamida himoyani ochish funksiyasiga ega. Ushbu tizim orqali avtomatik blokirovkani muayyan vaqtni tanlagan holda ishga tushirish mumkin. Bloklangan rejimda kiruvchi bildirishnomalarning barchasi xabarning matnisiz keladi. Bunday himoya gadjet o‘g‘irlangan taqdirda qo‘l keladi.

Manba: www.daryo.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Telegram fotoredaktor va Touch ID funksiyasiga ega bo‘ldi